«O‘zgidromet»dan tezkor gidrometeorologik axborot

«O‘zgidromet» tezkor gidrometeorologik axborot berdi.
Aytilishicha, 31-yanvar va 1-2-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
31-yanvar va 1-2-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
31-yanvar va 1-2-fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter