Prezident farmonlari bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Rahim Rasuljonovich Hakimov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Murtaza Mamatqulovich Qarshiboyev Prezident maslahatchisi – Spichrayteri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akbar Muxidinovich Musayev va Rustamxon Kamalxanovich Azizov – agentlik bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter