Qashqadaryo hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
U. Uzoqov 1969 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda viloyat hokimining 2 nafar birinchi o‘rinbosari mavjud. Erkayev Nodir — viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oblayar Boymirov vazifasidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida hokim ham o‘zgargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter