Respublika aholi reproduktiv salomatlik markaziga direktor tayinlandi

Shahnoza Alimdjanovna Zufarova Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori etib tayinladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga markaz faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangi, innovatsion reproduktiv texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, hududiy vertikal tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, birlamchi tibbiyot yo‘nalishi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ginekologik yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash singari muhim vazifalar yuklatildi.
Bundan tashqari, u aholi tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg‘or diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarga ham mas’ul etib belgilandi.
Tibbiyot fanlari doktori Shaxnoza Zufarova bugunga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter