Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayohatchi bolalarni qanday kelajak kutadi?

Sayohatchi bolalarni qanday kelajak kutadi?

foto: glonasstravel.com

Sayohat, aslida, o‘zimizni baxtli his qilishimiz uchun moddiy narsalardan ko‘ra qiymatliroq. Ya’ni bizga narsalardan ko‘ra qimmatliroq bo‘lgan yangi tajribalar beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, sayohatlarimiz davomida olgan tajribalarimiz miyamizda yangi neyron kanallarini ochadi. Bu bizni yanada ijodiy, moslashuvchan qiladi va yangi g‘oyalar beradi.

Sayohat qilishni biz faqatgina kattalarga tegishli deb o‘ylaymiz.

Ammo boshqa mamlakatlarda ota-onalar o‘z farzandlarini  butun dunyo bo‘ylab sayohatlarga olib chiqishi yangilik emas.

Nima uchun ular bolalari bilan sarguzasht izlashmoqda? Chunki bolalar uchun sayohatning ko‘plab afzalliklari borligini ular allaqachon anglab yetishgan. Shu bois bugungi kunda kichik sayohatchilar soni ham ortib bormoqda.

Ular sayohat paytida bolaning ijodkorligi va tasavvuri oshadi, shuningdek, dunyo ko‘rish ularning til rivojlanishi, savodxonligi va ijtimoiy ko‘nikmalariga yordam beradi, deb hisoblashadi.

«Sayohat effekti» loyihasi yaqinda 2500 dan ortiq kattalar orasida so‘rov o‘tkazdi. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolaligida muntazam sayohat qilganlarning ko‘pi keyinchalik oliy ma’lumotli bo‘lishgan, daromadi ham yuqori bo‘lgan.

Sayohat orqali bola turli madaniyatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib, ularga yangi tillarni o‘rganish, tarixni kashf qilish, yangi va ekzotik ingrediyentlar bilan boyitilgan yangi ovqatlarni tatib ko‘rish va joylashuv haqidagi umumiy ma’lumotlarni, shu jumladan urf-odatlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.  

Agar bola bir nechta madaniyat bilan to‘qnashsa his-tuyg‘ularini rag‘batlantiradigan yangi tajribalar ularning ijodiy jarayonida muhim vositaga aylanadi. Ko‘p madaniyatli tajriba bolaning bilim jarayonlarini o‘tkirlashtiradi va turli madaniyatlardan yangi istiqbollarni o‘zlashtirish ularga o‘z g‘oyalari va ongini kengaytirishga yordam beradi!

Ijtimoiy ko‘nikmalar bolaning ham o‘qishda, ham hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun juda muhimdir. Bolalar sayohat qilganda yangi do‘stlar bilan tez til topishish ko‘nikmasi, tajribasi ortib boraveradi.  Sayohat ularning empatiyasini, hamdardligini, tushunishini va odamlarga nisbatan xabardorligini chuqurlashtiradi, stereotiplarni yo‘q qiladi.

Sayohat bolalarga hayotlarini yanada boyitadigan odamlar bilan tanishish imkonini beradi.

Uzoq safarga chiqish bolalarda qiyinchiliklarga chidamlilikni oshiradi.  Bolalar uchun sayohatning bunday «tuzoq»larini boshdan kechirish – adashish, til bilmaslik – bularning barchasi uning xarakterini shakllantiradi. Bu bolaning shaxsiyatiga jasorat, o‘z-o‘zini anglash va mustaqillikni kiritadi. Bolalar ko‘proq moslashuvchan bo‘lib qoladilar, bu ularga yangi narsalarni sinab ko‘rish va kuchli o‘zini o‘zi his qilish imkonini beradi. Sayohat bolaga mustaqil fikrlash va harakatlar orqali muhim hayotiy ko‘nikmalar va ishonchni rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Sayohat mas’uliyatni o‘rgatadi. Masalan, ularga jomadonlarini yig‘ishtirish va tartibga solish, o‘z narsalariga mas’ul bo‘lish, ularga yo‘nalishni tanlashda yordam berish va qanday taom yeyishlarini hal qilishni o‘rgatadi.

Va, albatta, bugungi kunda ota-onalar o‘z farzandlarini sayohatga olib ketishlarining asosiy sabablaridan biri bu xotiralardir. Oila bilan birga bo‘lish – yangi yo‘nalishlar va madaniyatlarni boshdan kechirish imkoniyatini beradi, shu bilan birga video va surat kabi bir umrlik xotiralar qoldiradi.

Sayohat ota-onalar va bolalarni yanada yaqinlashtiradi, tushunmovchiliklarga barham beradi.  Umuman sayohat bolalarga boshqalar bilan o‘xshashliklarni o‘rgatuvchi yangi hikoya yaratish imkoni hamdir.

Mana yoz boshlandi. Bolalar uchun ta’til uch oy davom etadi. Sayohat qilmoqchimisiz – farzandlaringizni ham olib keting. Ular yoshligidanoq sayohat zavqini tuysin, dunyo kezsin, odamlar, turli millatlarning an’analari, madaniyati bilan tanishsin. Va bu xotiralar, tajribalar, ko‘nikmalar uning hayotda o‘z o‘rnini egallashi uchun doimo mayoq vazifasini bajarishi shubhasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring