Sayyor davlat xizmatlari: Ellikqal’adan Qo‘ng‘irotgacha

Davlat xizmatlari agentligining sayyor xizmatlari Qoraqalpog‘istonning eng chekka, olis tumanlarini ham qamrab olmoqda. Bu haqda bizga agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Qo‘ng‘irot tumanining Qoraqalpog‘iston shaharchasida va Ellikqal’a tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Sayyor xizmat tomonidan to‘rt nafar fuqaroga turarjoylarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, uch nafar fuqaroga tug‘ilganlikni qayd etish guvohnomasi topshirilib, 18 ta oilaga yangi xizmatlar to‘g‘risida bukletlar tarqatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter