Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich – Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
B. Meliyev 1987-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter