Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi portal ishga tushdi

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi portal ishga tushdi

Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti bir guruh mahalliy olimlar Amudario bilan birgalikda Toshkent havo sifati monitoringi (AQI) uchun ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi.

Hozirda mahalliy ishlab chiqarilgan 10 ta OXUS-WS meteorologiya stansiyalari ishlamoqda. Ular doimiy ravishda 10 dan ortiq atrof-muhit parametrlarini kuzatib boradilar, jumladan:

  • havodagi PM 2.5, PM 10 va PM 1.0 zarralarining tarkibi;
    • yog‘ingarchilik darajasi;
    • havo harorati;
    • shamol tezligi,
    • UV indeksi;
    • atmosfera bosimi darajasi;
    • namlik darajasi.

Ma’lumotlar har soat yangilanadi va so‘nggi yetti kun uchun AQI konsentratsiyasining soatlik xulosasi mavjud.

Qayd etilishicha, har bir stansiya tarmoqdan ishlaydi, lekin zaxira energiya manbai sifatida quyoshdan quvvatlanadi. Ob-havo stansiyalari deyarli har qanday ob-havo sharoitlariga bardosh bera oladigan bardoshli materiallardan tayyorlangan. Yevropa darajasidagi o‘ta sezgir sensorlar ham qo‘llaniladi.

Interaktiv xaritada havo sifati har soatda qanday o‘zgarishini kuzatishingiz mumkin. Poytaxtda sodir bo‘lgan yong‘inlar va issiqlik punktlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rinadi.

Bundan tashqari, havo sifatiga qarab, portal nozik guruhlarga mansub odamlar va oddiy aholi uchun alohida tavsiyalarni aks ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring