Vazir o‘rinbosari tuman hokimi etib tayinlandi

Tog‘ayev Botir Normahmadovich Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Botir Tog‘ayev 1976 yilda Kitob tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent davlat agrar universiteti va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida, ungacha esa Qamashi tumani hokimi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan.
Avvalroq Muxtor Hayitmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Nishon tumani hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter