Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viloyat prokurori va IIBB boshlig‘i lavozimidan olindi, ammo...

Viloyat prokurori va IIBB boshlig‘i lavozimidan olindi, ammo...

Foto: Xabar.uz

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Prezident Adminstratsiyasi rahbari Z. Nizomidinov ishtirok etmoqda.

Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirib,  viloyat sektor rahbarlarining lavozimga munosiblik masalasi ham ayni paytda davlat rahbarining e’tiborida ekanini ta’kidladi.

Xususan, viloyat prokurori, IIBB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, «vazifasini bajaruvchi» maqomida vaqtincha ishlashi, Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi aytildi.

«Bu qaror, berilgan muddat bu ikki rahbarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat» deya ta’kidlandi yig‘ilishda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi ishdan olingani, uning o‘rniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring