Prezident tashrifi arafasida ishdan bo‘shagan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ilgari Kitob tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Doniyor Tursunov Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shuningdek, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa ilgari vazirlikning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelgan To‘raqul Arziqulov tayinlandi.
Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga qilgan tashrifiga qadar viloyat xalq ta’limi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari o‘z arizalariga binoan ishdan ketgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter