Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimni ishdan bo‘shatishni taqiqlovchi bir qator cheklovlar joriy etilmoqda

Xodimni ishdan bo‘shatishni taqiqlovchi bir qator cheklovlar joriy etilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 29-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilingandi.

Unga ko‘ra, endilikda quyidagi holatlarda xodimni ishdan bo‘shatish ta’qiqlanadi:

  • xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lganda;
  • davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilganda;
  • xizmat safarida bo‘lgan davrda;
  • kodeksdagi homilador ayollar va oilaviy majburiyatlarini bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar uchun kafolatlarni nazarda tutadigan talablarini hisobga olmay ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (408 va 409-moddalar);
  • ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar;
  • Kodeksda belgilangan mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzish;

Shuningdek, xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda avvalgi ish joyi bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring