Xorazmda «kesarmon»larga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatidagi daraxt kesish holatlari aks etgan videotasvirlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Jumladan, «Yangibozor tumanida 30 yillik daraxtlar kesilmoqda» sarlavhali video o‘rganilganda Yangibozor istirohat bog‘i hududida velosiped yo‘lakchasi barpo etish maqsadida Yangibozor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan noqonuniy ravishda 28 tup daraxt kesilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasida Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararni qoplash ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan yana bir «Gurlan Ekobozori oldida velosiped yo‘lakchasi quramiz deb, daraxtlar kesib tashlanmoqda» sarlavhali videotasvir yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari davomida «Xorazm Gurlan Ekobozori» oldidagi terak daraxtlarini Gurlan tumani Eshimjiyron qishlog‘ida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan kesib olinganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tabiatga yetkazilgan zarar qoplandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter