Yangi tashkil etilgan tumanda ilk gala-konsert o‘tkazildi

Toshkent shahrining eng katta tumani bo‘lgan “Yangihayot”da aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Yoshlar bilan yangi hayot quramiz" shiori ostida katta konsert dasturi o‘tkazildi.
15 ming aholi tashrif buyurgan gala-konsertda Farruh Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Ilhom Farmonov, Umidaxon, Valijon Shamshiyev, "Sahar" guruhi va boshqa o‘zbek estradasining yorqin yulduzlarining kuy-qo‘shiqlari, so‘z ustalarining chiqishlari yangihayotliklarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Yangi tashkil etilgan tuman hokimligi olib borilayotgan jadal rivojlanish, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, tuman ahliga qulayliklar, yaxshi kayfiyat ulashishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter