Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15066. To‘rtta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

15066. To‘rtta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

2020-yil 16-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15066 (+75) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 57 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Buxoro viloyatida 3 nafar, jami 128 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 8783 (+128) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6208 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring