Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7-oktyabr kuni koronavirus bemorlari soni kamaydi

7-oktyabr kuni koronavirus bemorlari soni kamaydi

Foto: «M.123ru.net»

2020-yil 7-oktyabr kuni mamlakatimizda 345 holatda kasallik qayd etildi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 492 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 403 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 788 nafar bemordan 56 568 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 728 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 135 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring