Yettita hududda fuqarolar orasida kasallanganlar aniqlandi

2020-yil 20-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 314 (+165) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 135 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafardan Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 69 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafari, Andijon viloyatida 44 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 11 nafar, jami 184 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 9 463 (+184) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 7 760 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter