Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ikki bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 70 nafarga yetdi

Farg‘onada ikki bemor tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 70 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzalayotgan hududlar geografiyasi kengayib bormoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan biri (ayol) Andijon viloyatidan, ikkinchisi (ayol) esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, joriy yil 25 mart kuni Turkiyadan Farg‘onaga charter reysi bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda 27 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ushbu bemorlar shifokorlar tomondan xalqaro standartlar asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli ayni paytda darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

Darhaqiqat, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda tibbiyot xodimlari jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatib mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining olishga harakat qilishmoqda. Bu kabi vatanparvarlikni 200 dan ziyod maxsus karantin va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan minglab tibbiyot xodimlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring