Ikki yuzdan ortiq kishida infeksiya topildi, ikki o‘lim qayd etildi

2020-yil 17-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 927 (+225) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent viloyatida, 68 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chirchiq shahrida yashagan 75 yoshli T.Yu. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli R.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Navoiy, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida 607 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 31 580 (+607) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 109 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter