Koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshdi

Shu soatgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 457 nafarni tashkil etmoqda. Yana 60 kishida infeksiya aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq koronavirusga chalinganlar soni 397 nafarga yetgani xabar qilingan edi. Umuman olganda, bugunning o‘zida 100dan ortiq infeksiyani yuqtirganlik holati qayd etildi.
Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni hozirda 30 nafarni tashkil etmoqda. Ikki kishi esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter