Koronavirusdan tuzalganlar 87 foizga yetdi

2020-yil 16-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 329 (+220) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 169 nafari Toshkent viloyatida, 44 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shofirkon tumanida yashagan 51 yoshli G‘.J. (erkak) hamda Chilonzor tumanida yashagan 68 yoshli J.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 625 nafar, Toshkent viloyatida 216 nafar, Samarqand viloyatida 31 nafar, Buxoro viloyatida 15 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar, Sirdaryo viloyatida 11 nafar, Navoiy viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 3 nafar, jami 930 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 30 973 (+930) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 124 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas