Koronavirusga chalinganlar soni 900 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 13 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Kecha, 12 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 865 nafarni tashkil qilgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 31 kishida kasallik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 66 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter