Koronavirusning og‘ir shaklini aniqlovchi test yaratildi

Buyuk Britaniya olimlari koronavirusni yuqtirgan bemorlarda kasallikning og‘ir o‘tishini oldindan aniqlovchi test yaratishdi. Tahlil inson qonidagi besh sitokin asosida olinadi, deb yozmoqda «Respiratory Research» jurnali.
Sitokinlar — bemor organizmida immun hujayralari shakllanishiga olib keluvchi reaksiyani ishga tushiruvchi signal molekulalari. Aksariyat koronavirus og‘ir kechuvchi bemorlarda immunitetning kasallikka reaksiyasi o‘ta kuchli kechishi oqibatida qonda sitokinlar darajasi oshib ketadi. Buni «sitokinlar bo‘roni» ham deyishadi.
Ushbu molekulalar tahlili asosida sitokin bo‘roniga moyillikni topish hamda salomatligi ko‘proq xavf ostida qoluvchi bemorlarni oldindan aniqlash mumkinmi, olimlar bunga urinib ko‘rishdi. Buning uchun Sautgempton universitet shifoxonasiga keltirilgan yuzlab bemorlarning qon namunalari tahlildan o‘tkazildi. Natijada koronavirusga qarshi o‘ta kuchli reaksiya berish xavfini ko‘rsatuvchi sitokinlar topildi.
Tadqiqotchilar tahlili shunday chiqqan bemorlarni darhol intensiv davolash bo‘limlariga o‘tkazish, o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmalariga ulash imkoniyatlarini oldindan hozirlab qo‘yish kerak, deyishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter