Koronavirus: shifoxonalarda davolanayotgan ikki bemor vafot etdi

2021-yil 27-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99580 (+236) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
2 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
25 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
6 nafari Xorazm viloyatida,
48 nafari Toshkent viloyatida,
127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter