Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus arterial gipertoniyasi bor inson uchun qanchalik xavfli?

Koronavirus arterial gipertoniyasi bor inson uchun qanchalik xavfli?

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob berildi. 

Otam 68 yoshda, muntazam qon bosimlari oshib turadi, koronavirus arterial gipertoniyasi bor inson uchun qanchalik xavfli?

Gipertoniya — qon tomirlarining nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Bu kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin so‘nggi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. Bu darddan ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi.

Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech ko‘rsatilsa, bemorlarning ahvoli juda og‘irlashishi, hatto o‘lim holati kuzatilishi mumkin.

Arterial gipertoniya bilan kasallangan bemorlar juda tez va og‘ir pnevmoniyani rivojlantiradigan birinchi raqamli xavf guruhiga kiradi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda koronovirusli pnevmoniya va infeksiya, hamroh kasalligi yo‘q bemorlarga nisbatan og‘irroq kechadi.

Bu bemorlar o‘zlarida koronovirus kasalligiga xos biror klinik belgilarni sezsalar, darhol huddudiy shifokorlarga murojaat etishlari shart.

Ular uy sharoitida o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanishlari man etiladi. Chunki ularda tezda pnevmoniya rivojlanishi va uning og‘ir kechishi kuzatilishi mumkin.

Ko‘p davlatlarning barcha izlanishlari va kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, koronovirus pnevmoniyasidan vafot etganlarning 50 foizida arterial gipertoniya kasalligi bo‘lgan.

Shuning uchun yurak qon-tomir patologiyasi, qon bosimi hamda yurak yetishmovchiligi bor bemorlar hududiy poliklinikalarida dispanser nazoratda bo‘lishlari, o‘zlarida o‘zgarishlar sezsalar, shu zahoti shifokorga murojaat etishlari, jamoat joylariga zarurat bo‘lmasa bormasliklari, imkoni bo‘lsa uydan ishlashlari, o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmasliklari, vaqti-vaqti bilan qon bosimlarini o‘lchatib turishlari va shifokor tavsiya etgan davo muolajalarini vaqtida olib turishlari zarur.

Davolash paytida bemorlar har qanday stress yoki hissiy zo‘riqishdan yiroq bo‘lgani ma’qul. Bemorlar ochiq havoda: suvlar atrofida, bog‘da sayr qilishlari tavsiya etiladi.

To‘g‘ri ovqatlanish gipertoniyani muvaffaqiyatli davolashda muhim hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring