Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holati kamayib bormoqda

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holati kamayib bormoqda

Foto: SSV matbuot xizmati

Shu yilning 5-sentyabr kuni mamlakatimizda 295 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan hamda Andijon viloyatlarida jami 448 nafar bemor sog‘aydi. Shu tariqa bugun yurtimizda sog‘ayganlar soni koronavirus qayd etilganlar ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘ldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 370 nafar bemordan 40 880 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 147 nafar bemordan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas