Surxondaryoda kasallanish holatlari ko‘paydi

2020-yil 23-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 703 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 48 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar hamda Jizzax viloyatida ham 7 nafar, jami 130 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 10 002 (+130) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 601 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter