Toshkent viloyatida ko‘plab kasallanish holatlari aniqlandi

2020-yil 20-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37693 (+146) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 123 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yangiyo‘l tumanida yashagan 68 yoshli M.B. (ayol) hamda Termiz shahrida yashagan 68 yoshli R.B. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 308 nafar, Toshkent viloyatida 151 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 33442 (+498) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3997 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter