Yana 11 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular haqida ma’lumot berildi

Biroz vaqt muqaddam Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasi va Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar bemor koronavirusdan tuzalgani xabar qilingan edi. SSV matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan yana 11 bemor butkul sog‘ayib ketgan.
Tuzalib ketgan bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo‘lib, 7 nafari «Botanika» sanatoriysiga, qolgan 4 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgandi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga joylashtirilgan. Bemorlardan 7 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari poytaxtimizdan, yana 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona va 1 nafari Andijon viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yoshda.
Hozirga qadar yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 225 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter