Hukumat «metan» shoxobchalaridagi narxni 6 oygacha nazorat ostida ushlab turmoqchi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshliq qator idoralar rahbarlariga avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklanadi.
Bu boradagi chora-tadbirlar belgilab berilayotgan hujjat loyihasiga ko‘ra, shuningdek, Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi (Komissiya raisi A.Ramatov) ham tashkil qilinadi va u ham «metan» shoxobchalarda tizimli ravishda chakana narxlar hududlarda keskin oshib ketishining oldi olinishini ta’minlab boradi.
Ushbu hujjat bilan noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlari, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari ham kuchaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter