Kun davomida qo‘lqop taqish tavsiya etilmaydi — mutaxassis

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva aholidan tushayotgan muhim savollariga javob berdi:
— Avtotransportdan foydalanishda qo‘lqop kiyish talab etiladi, sababi avtobus va metropolitenda sizdan oldin yoki yon atrofingizda kasallikni simptomlarsiz o‘tkazayotgan bemorlar bo‘lishi mumkin.
— Lekin, qo‘lqoplarni kun davomida taqib yurish tavsiya etilmaydi, chunki qo‘lqoplar sovun bilan yuvilganda yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berilganida to‘liq zararsizlanmaydi.
— COVID-19 infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik osoyishtalik toifasidagi davlatlardan qaytgan kishilar:
* izolyasiyada bo‘lishlari;
* koronavirus infeksiyasiga test tekshiruvidan o‘tishlari yoki antitanachalarni aniqlash uchun IFA topshirishlari;
* shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari, niqob taqishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari kerak.
— Kasallikdan sog‘ayganidan so‘ng test topshirish shart emas.
— Virusga qarshi antitanachalarni immunoglobulin G va M larni tekshirish muhim bo‘lib, bu tahlil asosida inson organizmida kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lganlikni bilish mumkin.
— Yengil, o‘rta, o‘rta-og‘ir, og‘ir va o‘ta-og‘ir darajalarda koronovirus inson organizmida nafaqat o‘pka va nafas a’zolarini, balki oshqozon ichak tizimi, yurak-qon tomir tizimi va ma’lum darajada buyraklar hamda bosh miyani jarohatlashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter