Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1- yanvardan «fara»larni yoqib yurish qoidasi yana kuchga kiradi

1- yanvardan «fara»larni yoqib yurish qoidasi yana kuchga kiradi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumatning 09.04.2019 dagi 292-son qarori bilan «Yo‘l harakati qoidalari»ga kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligiga oid qoida (138-band) kiritilgani yodingizda bo‘lsa kerak, deb eslatmoqda «Xushnudbek.uz».

Keyinroq, jamoatchilikning e’tirozlaridan so‘ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilishi 2021-yil 1-yanvarga qadar kechiktirilgan edi.

Shunday qilib, 1-yanvardan boshlab, kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar MJtKning 128-moddasi tartibida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m va 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi.

Agar 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilsa 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring