Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yil avval izsiz yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan topildi

14 yil avval izsiz yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan topildi

14 yil oldin, 2008 yilda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondan topilgan. Bu haqda shahar politsiya departamenti xabar berdi.

Aytilishicha, 39 yoshli ayol reyd tadbirlari paytida topilgan. U ishlash uchun Olmaotaga borgan, keyin Chimkent va Qizilo‘rdada ham ishlagan. Ayol hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygani uchun qarindoshlari bilan aloqaga chiqa olmagan.

Shuncha yil davomida bu ayol nima ish to‘g‘ri kelsa, ishlayvergan: uy xizmatkori, kafe va boshqa binolarda farrosh. 2021 yil yozida Nur-Sultonga ko‘chib borgan.

Qozog‘iston migratsiya xizmati xodimlari ayolga vaqtinchalik hujjat berishgan. Bir oy davomida u bemalol vataniga qaytishi mumkinligi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring