2026-yil iyuli AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
AQSh Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) ma’lum qilishicha, 2026-yil iyul oyi mamlakatning qit’adagi qismida meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyul bo‘lgan.
O‘tgan oyda AQShda o‘rtacha havo harorati Farengeyt bo‘yicha 76,89 daraja (Selsiy bo‘yicha 25 daraja)ni tashkil etgan.
Faqat Alyaskada yoz odatdagidan salqin keldi, mamlakatning 48 shtatida esa yuqori harorat qayd etilgan.
NOAA prognozlariga ko‘ra, avgust oyida ham AQSh qit’a qismining katta qismida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Iyul oyi uchun avvalgi rekord 1936-yilda qayd etilgan va AQShda kuchli qurg‘oqchilik kuzatilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter