22 000 dollarni firibgarning qo‘liga topshirib qo‘ya qoldi

Joriy yilning 7-dekabr kuni IIBga firibgarlik holati yuzasidan hujjatlarga kelib tushgan.
Unga ko‘ra, 2017-yil dekabr oyida Sirdaryo viloyatida yashovchi D.A. Toshkent shahrining Uchtepa tumani hududida Chilonzor tumanida yashovchi B.S.ga tanishi, «Dilorom» ismli ayolga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha davlatga yetkazgan zararni o‘z firmasi orqali yopib berishini aytadi. Shu tarzda aldash yo‘li bilan uning ishonchiga kirib, 22 000 AQSh dollarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmay yurganligi ma’lum bo‘lgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida D.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter