Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30-avgustda ham koronavirusga chalinganlardan ko‘ra tuzalganlar ko‘p bo‘ldi

30-avgustda ham koronavirusga chalinganlardan ko‘ra tuzalganlar ko‘p bo‘ldi

SSV xabariga ko‘ra, shu yilning 30-avgust kuni mamlakatimizda 368 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Namangan viloyatlarida jami 460 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 528 nafar bemordan 38 819 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2394 nafar bemordan 250 nafari og‘ir, 137 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring