«30-kilometr effekti»: qahva uyquni chaqiradi...

Muntazam va tez-tez qahva ichish oqibatida kofeinning tinchlantirish xususiyati teskari natija berishi va tonusni pasaytirib, uyquchanlikni oshirishi mumkin.
«Qahva bu jihatdan narkotiklarga o‘xshaydi. Organizm o‘rganib qoladi. Kofeinning asosiy ta’siri — adenozin retseptorlarini bloklash, buning natijasida charchoq sezilmaydi va organizm faol ishlashda davom etadi. Biroq kofeinni surunkali iste’mol qilish oqibatida adenozin o‘z retseptorlariga bog‘lana olmaydi. Bunga javoban miyada yangi adenozin retseptorlari sintezlanadi. Oqibatda qahvani har qancha ko‘p ichmasin, insonni charchoq va uyqu bosaveradi. Shuning uchun ham kofeni juda ko‘p ichish tavsiya qilinmaydi — uning o‘zi emas, ko‘pi zararli», — dedi Rossiyadagi doktor Isayev kilinikasi bosh shifokori, shifokor-narkolog Daniil Petrov.
Uning aytishicha, bunga «30-kilometr effekti» degan hayotiy kuzatuv ham bor.
«Kuzatuvlarga ko‘ra, yuk mashinalari haydovchilari o‘rtasida eng ko‘p avariyalar yo‘lning 30-kilometri va 50-kilometri oralig‘ida yuz beradi. Sababi — qahvaga «ishonish», undan tetiklantiruvchi natija kutiladi, ammo aksi yuz beradi: kofe haddan ziyod ko‘p ichilgani uchun «ishlash»dan to‘xtaydi», — dedi mutaxassis.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter