32 tup «ko‘knor» giyohvandlik vositasi aniqlanib, yo‘q qilindi

2019 yil 29 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida giyohvandlik o‘simliklari aniqlanib, yo‘q qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Vaqtincha Bekobod shahrida yashovchi X.Yu o‘zi ishlaydigan Bo‘ka tumani Jo‘rabod MFYda joylashgan «Mustaqillik» fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponining yer maydonida 32 tup «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, yonidan esa 5 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter