500 yevrolik banknotalar chiqarilishi nega to‘xtatiladi?

2019-yilning 27-yanvaridan Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda 500 yevrolik banknotalarning chiqarilishi to‘xtatiladi. Bu haqda Yevropa markaziy banki 2 yanvar kuni ma’lum qildi.
Logistik sabablarga ko‘ra, Avstriya va Germaniya shu yilning 26-apreligacha 500 yevrolik banknotalarni chiqarishda davom etadi.
Nega 500 yevrolik pullarni chiqarish to‘xtatiladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning zamirida jinoiy maqsadlar yotibdi — pullarni «yeb ketish» hamda terrorizmni moliyalashtirishda aynan 500 yevro vosita bo‘layotgan ekan.
2018-yilning noyabr oyiga kelib muomaladagi 500 yevrolik banknotalar soni qariyb 520 millionta edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter