500 yurtdoshimiz koronavirusni yuqtirib oldi

2021-yil 25-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172090 (+502) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13 nafari Andijon, 5 nafari Buxoro, 9 nafari Jizzax, 5 nafari Qashqadaryo, 4 nafari Navoiy, 17 nafari Namangan, 46 nafari Samarqand, 17 nafari Sirdaryo, 19 nafari Surxondaryo, 21 nafari Farg‘ona, 8 nafari Xorazm, 108 nafari Toshkent viloyatlarida, 205 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23, Buxoro viloyatida 5, Jizzax viloyatida 9, Qashqadaryo viloyatida 6, Navoiy viloyatida 3, Samarqand viloyatida 54, Surxondaryo viloyatida 17, Farg‘ona viloyatida 28, Xorazm viloyatida 107, Toshkent viloyatida 113, Toshkent shahrida 403 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 166781 (+768) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1222 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter