Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Tojikiston Prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Facebook»

Avval xabar berganimizdek, bugun, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyalari majlisida ishtirok etmoqda.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Tomonlar mazkur tashrif yuqori darajada o‘tayotgani hamda davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada yuksalishi xalqlarimiz uchun foydali ekanini, qardoshlik rishtalari mustahkamlanishini ta’kidladi.

Tojikiston Respublikasi kelgusida ham O‘zbekiston davlati bilan xalqaro munosabatlarni yanada kengaytirishga va bu ikki davlat rahbarining diqqat-e’tiborida bo‘ladigan yangicha hamkorlik tusini olishini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar borasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhokamalar savdodagi cheklovlar, davlat boshqaruvi tizimini soddalashtirish, eksport tariflarini qisqartish, mavjud temir yo‘llarni yo‘lga tiklash hamda davlat chegarasiga oid masalalar muhokama qilindi.

Tojikiston va O‘zbekiston uchun foydali bo‘lgan suv va energetika masalasi, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkil etish, O‘zbekiston hamda Tojikiston madaniyat kunlarini tashkil etish borasida qilingan va qilinayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring