Afsuski, 4-sentyabr kuni yurtimizda bemorlar soni kamaymadi

Shu yilning 4-sentyabr kuni mamlakatimizda 278 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Afsuski, bugun mamlakatimizda koronavirus qayd etilganlar soni sog‘ayganlar sonidan ko‘p bo‘ldi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 256 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 075 nafar bemordan 40 432 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 304 nafar bemordan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter