AKT vaziri «Thales» kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Bugun, 28-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Thales» fransuz kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha hududiy vitse-prezidenti Olive Ashar bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Vazir mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga raqamli va kosmik texnologiyalarni joriy etish vazifasi yuklanganini aytib o‘tdi. Butun dunyoda mashhur hamda yetakchi raqamli va kosmik texnologiyalarga ega bo‘lgan, shuningdek, mazkur sohalarda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi «Thales» kompaniyasi bilan hamkorlik ushbu yo‘nalishga sezilarli ko‘mak berishi mumkinligini ta’kidladi.
«Thales» fransuz kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha hududiy vitse-prezidenti Olive Ashar hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, jumladan, O‘zbekistonga kosmik soha uchun kadrlar tayyorlashga tayyor ekanini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar raqamli va kosmik sohadagi hamkorlikning istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter