AKT vazirligining ishonch telefoni «1199» qisqa raqamida ishlamoqda

Shu yilning 1-fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «ishonch telefoni» «1199» qisqa raqami orqali kunu tun tartibida ishlamoqda, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.
Ishonch telefoni O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter