Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika Eronni 11-sentyabr fojiasi qurbonlari oilasiga tovon to‘lashga majbur deb topdi

Amerika Eronni 11-sentyabr fojiasi qurbonlari oilasiga tovon to‘lashga majbur deb topdi

Foto:«Frontnews.eu»

Amerika sudi Eronni 11-sentyabr fojiasi qurbonlari oilasiga milliardlab dollar tovon to‘lashga majbur deb topdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Sud qaroriga ko‘ra Eron davlati, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) va Eron markaziy banki 1008 nafar kishining o‘limida aybdor deb topildi. Shu tufayli Eron hukumati halok bo‘lganlar oilasiga tovon puli to‘lashga majbur.

Kompensatsiya miqdori qarindoshlik darajasiga qarab belgilanadi. Marhumning turmush o‘rtog‘iga 12,5 million dollar, ota-onasi va farzandlariga 8,5 million dollar, aka-singillariga 4,25 million dollardan to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

11-sentyabr kungi teraktlar bo‘yicha maxsus komissiya hodisaning Eronga bevosita bog‘liqligiga dalil topa olmagan bo‘lsa-da, Nyu-York sudi Tehronning go‘yoki terrorchi guruhga moddiy ko‘mak berganini yetarli dalil deb hisobladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Tehron Amerika sudi belgilagan summani to‘lamasligi mumkin, ammo qurbonlarning yaqin qarindoshlari AQSh tomonidan Eron kompaniyalari va fuqarolaridan olingan to‘lovlarga da’vo qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring