Amirliklar sohilini mazut qopladi

Birlashgan Arab Amirliklari sohilini mazut qopladi — neftning hidi dengizdan 5 kilometr olisda ham sezilmoqda.
Fujayra sohilida, yirik terminal yaqinida mazut to‘kilib, ulkan dog‘ hosil bo‘lgan. Novotel, Al Bahar va Ibis kabi mehmonxonalar plyajlarini mazut qoplagan. Sayyohlar havoning badbo‘yligi va dam olish zonasi yopilganidan shikoyat qilishmoqda.
Tozalovchilar o‘tgan jumadan buyon ishlashayotganiga qaramay, vaziyat deyarli o‘zgarmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter