Andijonda MChJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan «L.H.» MChJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga jo‘natishni 3 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MChJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter