Andijonda Osiyo chempionlariga haykal qo‘yildi (foto)
Andijon viloyati Shahrixon tumani Sherqo‘rg‘on MFYdagi 23-maktab hududida joylashgan stadionda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston termasi uchun haykal o‘rnatildi.
Andijondan saytimizga ma’lum qilishlaricha, haykalda 7-raqamda o‘ynagan va Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Odilbek Hamrobekov hamda 10-raqamda vetnamlik raqib futbolchisi tasvirlangan.
Xabarga ko‘ra, haykalning balandligi 5,5 metr, ostidagi poydevori bilan hisoblaganda 9 metrni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter