Namanganda talaba MIB xodimini kaltakladi

2019 yil 6 fevral kuni Namangan viloyatida yashovchi I. E.ning alimentdan bo‘lgan 32 760 000 so‘m qarzdorligini undirishga kelgan MIBning Norin tuman bo‘limi vakili A. M. kaltaklangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar qildi.
Voqea tafsilotlariga ko‘ra, MIB xodimi dastlab uydagi qo‘ylarni xatlamoqchi bo‘lgan. 1993 yilda tug‘ilgan Andijon tibbiyot instituti 6-kurs talabasi X.T. uyida yana buyumlar bor, deya aldab ijrochini uyiga taklif etgan.
Keyin eshikni qulflab A. M.ga tan jarohat yetkazgan. Oqibatda MIB vakili chap qo‘l bilak suyagi sinib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan X. T.ga Norin tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-modda, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter