Tezkor! Andijondagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (video)

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida uyda yong‘in yuzaga kelgan, deb xabar berdi «Vodiy bozor» kanali.
Videodan ko‘rish mumkinki, portlash oqibatida uy oldida turgan «Cobalt» avtomobilini devor bosib qolgan. Shuningdek, yon-atrofda bo‘lgan boshqa mashinalarga ham zarar yetgan. Portlash oqibatida qo‘shni binolarning ham oynalari to‘kilib tushgan.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Hodisa yuzasidan hali rasmiy xabar berilgani yo‘q. Portlash sabablari va uning oqibatida jabr ko‘rganlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter